Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova ishtirokida Tohirshayx mahallasida uchrashuv o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi Tavboyev Azamat Qo'shboqovich tomonidan 21-Zarafshon saylov okrugi deputati Mirzaqulov Shoxrux Urinovichning deputatlik faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan 22-To‘polos saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Payariq tumanida qishloq xo‘jalik maxsulotlari yetishtiruvchilarining 2026-yilda sug‘orish mavsumida cheklangan suv limitlari tasdiqlandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 18-O‘rtasaydov saylov okrugi deputati L. Djamolova tomonidan tumandagi “Kattasaydov” MFY hududida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning murojaati asosida uning xonadoni ko‘zdan kechirildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi
HOKIMIYAT VA KENGASH HAMKORLIGI: MUROJAATLAR JOYIGA CHIQIB O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboevich hamda tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxritdin Janobovichlar tomonidan tumanimizdagi “Qo‘rg‘ontepa” hamda “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishlar davomida “Qayilma” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadonida yuzaga kelgan yong‘in oqibatida uy-joyga jiddiy zarar yetgani aniqlandi. Shu munosabat bilan tuman hokimi va Kengash raisi voqea joyiga borib, holatni atroflicha ko‘zdan kechirdi hamda jabrlangan
oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Hokimiyat va Kengash hamkorligida mutasaddi tashkilotlarga yetkazilgan zararni bartaraf etish, xonadonni tiklash hamda fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, jabrlangan oilaga zarur ko‘mak ko‘rsatilishi, ularning muammolari doimiy e’tiborda bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Mazkur hamkorlikdagi o‘rganishlar hokimiyat va Kengashning aholi murojaatlariga befarq emasligi, fuqarolar muammolarini hal etishda tizimli va amaliy yondashuv yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. 

Slide 1 of 3