Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
«Сог'лом ойла – сог'лом джамият»

 “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” 

  

Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik
masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi Ozodaxon Dadajonova va tuman
hokimini o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xamidaxon
Abdug‘aniyevalarning tashabbusi bilan tumandagi mahallalarda xotin-qizlar
ishtirokida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” loyihasi doirasida targ‘ibot
tadbirlari o‘tkazilmoqda.
 

Mana shunday
tadbirlardan biri tumanning Kaptarxona va Mehnatobod MFYlar hududida
o‘tkazilib, unda tuman Kengashi deputati O.Dadajonova, mazkur mahallalarga
biriktirilgan shifokor-hamshiralar va ishchi guruh a’zolari bilan:
 

sog‘lom-turmush tarziga amal qilish;  

reproduktiv salomatlik;  

oila institutini rivojlantirish va yoshlarni
oilaviy hayotga tayyorlash mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.
 

Yuqoridagi
masalalarning har biri bugungi kunda har doimgidanda dolzarb ekanligi, ularga
amal qilish orqaligina oilada sog‘lik, xotirjamlik va baraka bo‘lishligini bu
esa o‘z navbatida nafaqat oilamiz balki Jonajon vatanimiz ravnaqiga ta’sir
qilishligini, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” ekanligi haqida qizlarjonlar-u
onajonlarga, yosh kelin-u qaynonalarga tushintirildi.
 

Yig‘ilish
yakunida ishtirkchilar tomonidan berilgan savollarga javob berilib, qo‘shimcha
tushuncha va tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4