Новости

Последние новости

янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho'rosh mahallasida “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar hamda qaror loyihalari muhokama qilindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 20–24-APREL KUNLARI ISH REJASI IJROSI TO‘G‘RISIDA AXBOROT
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qosimova Saodat Shirinbayevna tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
MAHALLADA IJTIMOIY XIZMAT LOYIHASI- AMALDA.

 O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti deputatlik guruhi a’zolari tashabbusi bilan tuman hokimligi bilan hamkorlikda tumandagi "Naymanbo‘ston" Mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari va mahalla faollari ishtirokida partiyaning "Mahallada ijtimoiy xizmat" loyihasi doirasida bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.  

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti raisi, tuman Kengashi deputati Tursunboy Soliyev, tuman hokimligi bosh mutaxassisi To‘lqinjon Abdullayevlar mahallalarda ijtimoiy xizmat doirasini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan Inson ijtimoiy xizmat markazi tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar eng avvalo mazkur mahallalarda yashayotgan nogironlar, pensionerlar, kambag‘alligi bor oilalar ayniqsa og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan xotin-qizlar, chin yetimlar va boshqa ehtiyojmand aholi qatlamini xar tomonlama qo‘llab quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish hamda nogironligi bor fuqarolarni bandligini ta’minlash,ularga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish to‘g‘risida tushunchalar berdilar.  

O‘z navbatida mahalla yettiligida mazkur masalaga mas’ullar bugungi kunda aholini hayotdan rozi qilish borasida amalga oshirayotgan amaliy ishlari yuzasidan tadbir ishtirokchilariga axborot berdilar.  

Slide 1 of 5