Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov va deputat Sh.Mirzaqulovlar bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 22-To‘polos saylov okrugi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovga savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar markazi" binosida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovning hisoboti sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki ko‘chalar holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif doirasida shaharning “Zarafshon” mahallasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, mahalla ichki ko‘chalarining holati, ularni ta’mirlash, asfaltlash va shag‘allash ishlarining sifati tahlil qilindi. Ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, bu borada tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham o‘rganildi. Daraxt ekish, hududlarni tozalikda saqlash, bolalar maydonchalari va dam olish joylarini tartibga keltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus xizmatlar tomonidan chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari qay darajada tashkil etilgani o‘rganilib, ayrim hududlarda bu borada kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Yakunida mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish va mahallalarda obod muhit yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ushbu ishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va Navoiy shahrining yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5