Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov va deputat Sh.Mirzaqulovlar bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 22-To‘polos saylov okrugi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovga savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar markazi" binosida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovning hisoboti sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulpashsha Xudayberganova tomonidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-son qarorida belgilangan Sohibkor mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Tusinsoy soyining 500 metr qirg‘oqlarini mustahkamlash va damba qurish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘ralgan.

🔹 2026-yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Loyiha ijrosining bugungi holati;

🔹 Qirg‘oqni mustahkamlash va damba qurilishi ishlari sifati;

🔹 Belgilangan muddatlarda ishlarni yakunlash imkoniyati;

🔹 Mavjud muammo va to‘siqlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi Sohibkor mahallasida sel va suv toshqini xavfini kamaytirish, aholi yashash hududlari hamda infratuzilma obyektlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlashga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1