Mazkur loyiha ijrosiga nazorat uchun biriktirilgan deputat K.Muhammadiyev tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar holatini deputatlik nazorati asosida ko‘zdan kechirdi. O‘rganish jarayonida ziyoratgoh hududida infratuzilmani rivojlantirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, loyiha ijrosining belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅O‘rganish yakunida loyiha ijrosini doimiy nazoratga olish va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha kelishib olindi.