Новости

Последние новости

янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Maxammatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovlar tomonidan Javshar ota mahallasida investitsiya dasturlari asosida tashkil etilgan loyihalar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Darvishiq mahallasida joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida yo‘l infratuzilmasining holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Javshar ota mahallasida Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovlar tomonidan Javshar ota mahallasida investitsiya dasturlari asosida tashkil etilgan loyihalar holati o‘rganildi.
янв.21
Sessiya qarori bilan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda Darvishiq mahallasida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 10-Darvishiq saylov okrugi deputati A.Maxammatov bilan birgalikda Qirqovul mahallasida mahalla raisi va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O. Obilov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilovlar tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan Mahallalar uyushmasi Payariq tuman bo‘limi boshlig‘i Z. Turdiyev faoliyati hamda hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi

 Mahalla hududu va aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 10-Saxovat saylov okrugi deputati Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna “Dilbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida 24 ta tavsiyaga asosan “mahalla yettiligi” a’zolarining faoliyati bilan tanishib, hududda mavjud dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida mahalla hududini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish, shuningdek ularning bajarilishini ko‘chama-ko‘cha yurib tizimli nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sport to‘garaklariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Nogironligi bo‘lgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va jamiyat hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Mahalladagi ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rganish, ularni ehtiyojidan kelib chiqib toifalarga ajratish hamda manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi qayd etildi.

Hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Jumladan, ichimlik suvi, issiq suv hamda elektr energiyasi ta’minotidagi mavjud holat o‘rganilib, aholiga uzluksiz va sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi. Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalar hamda atrofining tozaligi va sanitariya holatini yaxshilash, ularni muntazam yoritish tizimini yo‘lga qo‘yish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Ayniqsa, hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofi, ichki yo‘laklar hamda yerto‘lalarda yoritish tizimining yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani ayrim joylarda fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Ushbu holat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, tungi vaqtda harakatlanish qulayligini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilib, hududda qo‘shimcha yoritish moslamalarini o‘rnatish va mavjudlarini ta’mirlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda tozalikni ta’minlash hamda maishiy chiqindilarni saralash tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda aholining ekologik madaniyatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mahallada aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish maqsadida tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, mazkur masalalar deputat tomonidan doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 1