Новости

Последние новости

янв.21
#Sessiya_qarori
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YIL APREL OYI REJA-GRAFIKI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori bilan fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshoatga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dexqonova tomonidan Toshxovuz mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholi bandligi masalalari yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Omonov O‘ktam To‘raqulovich tomonidan Do‘stlik mahallasi aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Bahor", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 30 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova Xo‘jaobod mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Axunov Jamshid Shodiyevichning so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN MART OYI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Joriy yilning 21 may kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21 may kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu sessiya ishida Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Umarov Abduraxim, tuman sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona hamda tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masala kiritildi:

Tuman sektor rahbarlarining joriy yilning I-choragida hududdagi aholi bandligini ta’minlash,  kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning ma’suliyatini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha hisoboti hamda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha yil yakuniga qadar oyma-oy amalga oshiriladigan chora tadbirlarning “mahallabay” reja-jadvallarini tasdiqlash to‘g‘isida. 

Deputatlar tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 3