Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan jami 4 ta sessiya o‘tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 35 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Deputat ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan uchrashdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov tomonidan Payariq shahri Cho‘lpon ko‘chasida elektr ta’minotida yuzaga kelgan muammo joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni umumlashtiruvchi komissiyaning tarkibi yangidan tasdiqlandi. (https://kengash.gov.uz/doc/263052)
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi maslahat Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining navbatdagi yuzinchi sessiyasi oldidan doimiy komisssiya raislari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Kun tartibiga tayyorgarlik ko'rmagan viloyat Sport boshqarmasi boshlig'ining xisoboti navbatdagi sessiyaga qoldirildi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar joy oldi:
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2023-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning axboroti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmonining viloyatdagi ijrosi bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayevning hisoboti;

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonkulovning hisoboti;

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

Samarqand tumanida Kichik sanoat zonasi tashkil etish to‘g‘risida;

Jomboy tumani “Juriyat” kichik sanoat zonasi negizida oziq-ovqat sanoati texnoparki tashkil etish to‘g‘risida;

Issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar tomonidan Samarqand shahri va Nurobod tumanidagi aholiga ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) miqdorini ma’qullash to‘g‘risida;

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida;

Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

Viloyatda 2025-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyatida 2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturini qayta ko‘rib chiqilgan oyma-oy maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Slide 1 of 6