Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 23-Pong saylov okrugidan saylangan deputati Nurmanova Moxichexra Norboyevna tomonidan 79-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Omonov O'ktam To'raqulovichning deputatlik so‘roviga Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Ulug‘murodov Bekmurod Ismoilovichdan javob olindi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala doimiy komissiya raisi va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi
янв.21
Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilib, g‘olib deb topilgan loyiha ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
2026-yilning I choragi davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurashni tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputat ishtirokida yangi loyihalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida Kengash qarori qabul qilindi
Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

#korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati 

❗️Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Rustamxon Kalanov hamda Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi, senator Abdulxakim Eshmuratov, hududiy kengash a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. 

📝 Unda dastlab Toshkent shahar “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi va uning tizimida 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, ochiqlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, shahardagi bozorlarda olib borilayotgan raqamlashtirish ishlari hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida Toshkent shahar “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi bosh direktori – Razzoqov Axad Anvarovichning hisoboti tinglandi. Mazkur masala yuzasidan hududiy kengash a’zolari tomonidan tizimdagi kamchiliklar yuzasidan e’tiroz va takliflar bildirildi.

📁 Shuningdek kun tartibidagi navbatdagi masala Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va uning tizimida 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda ochiqlikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. – Ikramov Yodgorbek Otabek o‘g‘li o‘z hisobotini yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etdi.

📇 Bundan tashqari Poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish hamda odil sudlov bo‘yicha (shahardagi sudlarda ko‘rilayotgan korrupsiyaviy jinoyatlar va boshqa ishlar bo‘yicha chiqariladigan xususiy ajrimlarning ta’sirchanligini oshirish va bu toifadagi ishlarni chuqur tahlil qilingani haqida) Toshkent shahar sudi raisi – Ismailov Olimjon Xaitovich axborot berdi.

🟡 Yig‘ilish davomida Poytaxtda 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari – Axmedov Bekzod Shuxratovich o‘z hisobotini hududiy kengash a’zolariga taqdim etdi.

🔎 Toshkent shahar adliya boshqarmasi va uning tizimida olib borilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari xususan, korrupsiya va uning olini olish yuzasidan 2025-yilda qilingan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i v.b. – Nazarov Xamdam Shuxratovich o‘z hisobotini majlis qatnashchilariga havola qildi. 

🔺 Keyingi Toshkent shahar mahallalaridagi hokim yordamchilarining ish faoliyatidagi korrupsion holatlarning oldini olish va raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i – Babajanov Yakubjan Shakirjanovich hisobot berdi.

💡 Yig‘ilish davomida Toshkent shahrida nodavlat va notijorat tashkilotlar tomonidan korrupsiyaning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi boshlig‘i – Radjabov Farrux Alisherovich hisobot berdi.

🗣 Yakuniy masala Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 2026-yil 1-yarim yillik harakatlar rejasi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibi – Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovich hududiy kengash a’zolariga hisobot berdi.

📥 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha manfaatdor tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish ta’kidlab o‘tildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 10