Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputat Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida istiqomat qiluvchi Isroilova Dilnoza xonadoniga tashrif buyurilib, uning faoliyati ko'zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 24-Do‘stlarobod saylov okrugidan saylangan deputati Omonov Umar Shaxdarovich tomonidan Aliobod mahallasida joylashgan 67-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Turkibola mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan fuqaro murojaati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida 2026-yilning I choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov tomonidan hududda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi hamda ularning yetarlilik darajasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni aniqlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Djamalova Lola Djalilovnaning so‘roviga tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz direktori A.Tamiqayevdan javob olindi.
IJTIMOIY TARMOQDAGI FUQAROLAR MUROJAATI – XAR BIR DEPUTAT E’TIBORIDA

Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch shahri Yangiobod mahallasidagi tugallanmagan bino-bolalar uchun havf manbayi” sarlavhasi ostida post qoldirilgan va unda Yangiobod mahallasidagi qurilishi tugallanmagan binoning baland qavatida harakatlanayotgan fuqaro (yosh bola) tasvirlangan. 

Mazkur holat jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘layotganligi hamda haqiqatdan ham nafaqat bolalar balki yoshi kattalar uchun ham havf manbayi hisoblangan mazkur binoni qarovsiz holda ekanligini inobatga olib, ushbu masalaga ijobiy yechim topish yuzasidan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev nomidan tezkor tartibda Urganch shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Sharipov Azamat Sharipboyevichga kuzatuv xati chiqarildi.  

Slide 1 of 1