Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda J.Axunov tomonidan “Samarqand suv ta’minot” MCHJning Payariq tuman filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzakulov tomonidan Choshtepa mahallasida aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari, shuningdek 82-sonli umumta’lim maktabining sport zali hamda undagi sport anjomlari va jihozlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Mahkamov bilan birgalikda tuman markazida barpo etilayotgan “Motamsaro ona” maydonida olib borilayotgan qurilish ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Kasimova tomonidan fuqaro murojaati asosida Tohirshayx mahallasi Nayman qishlog‘ida yashovchi kam ta’minlangan oila xonadoniga borib, holat o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimova hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Obilovlar tomonidan tuman madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan sessiya qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Jo'rayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputat Ochilova Nazokat Yo‘ldoshovna bilan birgalikda Mustaqillik mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev tomonidan tumanda hunarmandchilikni rivojlantirishga oid hujjatlar ijrosi holati o‘rganildi.
SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI

 O‘rganish davomida hududdagi sport inshootlarining bugungi kundagi ahvoli, ularning jihozlanganlik darajasi hamda aholiga, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

 Aniqlanishicha:

ayrim sport maydonchalari ta’mirtalab holga kelgan;

sport anjomlari yetarli emasligi kuzatilmoqda;

tungi yoritish tizimi ayrim joylarda ishlamayapti;

yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

 Shu munosabat bilan:

 mavjud sport maydonchalarini ta’mirlash,

 zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash,

 qo‘shimcha sport maydonchalari barpo etish

bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

 Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

 Shuningdek, aholi va yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

 Sport infratuzilmasini yaxshilash orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish asosiy maqsad etib belgilandi.

 Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1