Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Alisher Navoiy mahallasida yangi bino qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan Choshtepa mahallasidagi poliklinikada aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlanish holati hamda ularni saqlash tartibi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov va deputat Sh.Mirzaqulovlar bilan birgalikda o'rganish ishlari tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan Gaz ta’minoti Payariq filiali boshlig‘i A.Uralovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, sessiya kotibi etib 22-To‘polos saylov okrugi deputati Raxmonova Xusniya Usmonovna tasdiqlandi hamda sessiya yakunida uning axboroti tinglandi.
янв.21
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan hisobot sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Maxammatov tomonidan Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovga savol bilan murojaat qilindi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash yo'nalishi bo'yicha "Yoshlar markazi" binosida maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
янв.21
Yoshlar muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish, yoshlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni yaqindan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Sunnatovning hisoboti sessiyada muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nurmatova Nilufar Ziyadullayevna tomonidan Payariq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘.Islomovga savol yo‘lladi.
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI (06 aprel - 10 aprel)

Xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashi tomonidan 06 aprel kunidan 10 aprel kuniga qadar quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

06-aprel –“Qo‘rg‘oncha”

9-“Galabek” saylov okrugi deputati Xushvaqtova Yulduz Otaqulovna tomonidan Qo‘rg‘oncha mahallalar fuqarolar yig‘inlaridagi mahalla “Yettilik” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82-son Farmonlari, PF–209, PQ–267-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 312 va 313-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish hamda hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Kamolov Shoxrux Ergashevich

07-aprel – Uchqora MFY

21-“Mirdosh” saylov okrugi vakant bo‘lganligi sababli Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis Sh.Kamolov tomonidan Uchqora mahallalar fuqarolar yig‘inlaridagi mahalla “Yettilik” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82-son Farmonlari, PF–209, PQ–267-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 312 va 313-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Kamolov Shoxrux Ergashevich

08-aprel - “Oq oltin” MFY

7-“Jaloyir” saylov okrugi deputati Rizoqulov Xusniddin Salimtoshevich tomonidan Oq oltin mahallalar fuqarolar yig‘inlaridagi mahalla “Yettilik” faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–82-son Farmonlari, PF–209, PQ–267-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 312 va 313-son qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Yarashev Tuyg‘unjon Yarash o‘g‘li

09–aprel – Tasmachi MFY

20-“Tasmachi” saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Odilov Utkir Razzoqovich tomonidan Tasmachi mahallalar fuqarolar yig‘inida “Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” yuzasidan o‘rganish olib borish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Yarashev Tuyg‘unjon Yarash o‘g‘li

10–aprel – Saroy MFY

18-“Saroy” saylov okrugi deputati Shaymatov Choriqul Ibodullayevich tomonidan; 

- Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari;

- Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;

- Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash yuzasidan o‘rganish olibyu borish.

Masʼul: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Kamolov Shoxrux Ergashevich

Bizni Xalq deputatlari tuman Kengashining rasmiy sahifasi:

https://t.me/xatirchi_tuman_kengashi  

https://youtube.com/@xatirchitumankengashi?si=3juKornzXOduxPOu

Slide 1 of 1