Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlariga borib, aholining yashash sharoitlari atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Tavboyev hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan hamkorlikda Ko‘paki mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan To‘polos mahallasida 2026-yil davomida davlat dasturi asosida amalga oshiriladigan zovur va kollektorlarni tozalash hamda qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlar o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumani "Guliston", "A.Yassaviy", "Boshqo'rg'on", "Beshqo'rg'on", "Bunyodkor" va Birlashuv mahallalarida istiqomat qiluvchi yana 23 nafar shaxslarning O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshoatlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan Navbaxor mahallasida Zarbdor tajribasi asosida tashkil etilgan loyiha o'rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov tomonidan tumanda yer osti suvlari sathini o‘lchovchi qurilmalar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Payariq tumanidagi “Qalandar” kollektorini yopiq drenaj tarmog‘iga aylantirish loyihasi o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida Payariq tumanida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi B. Shakarov bilan birgalikda Ilg‘or mahallasida joylashgan 75-umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari holati o‘rganildi.
янв.21
Agrar, qurilish, komunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo'yicha doimiy komissiya raisi B.Shakarov tomonidan Polvonariq mahallasining yo'llari holati o'rganildi.
Mahalla — jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘ini

Bugungi kunda mahalla nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi institut, balki jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng yaqin va ta’sirchan bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat dasturlari ijrosi, byudjet mablag‘larining sarflanishi, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — bularning barchasi avvalo mahalla darajasida seziladi va baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, mahallaning roli faqat ijrochi emas, balki nazorat qiluvchi va tashabbus ko‘rsatuvchi institut sifatida ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda “Ochiq byudjet” mexanizmi aynan shu jarayonga yangi mazmun kiritdi. Aholi o‘z hududida qaysi muammo ustuvor ekanini o‘zi belgilayapti, ovoz berayapti va mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirishni hal qilyapti. Bu esa mahallaning haqiqiy jamoatchilik platformasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida fuqarolarning birdamligi va faol ishtiroki natijasida Baxshitepa hamda Navbahor mahallalarida ichki yo‘llarni asfalt qilishga qaratilgan ikki yirik loyiha g‘olib bo‘ldi. Bu natija tasodif emas. Ovoz berish jarayonida aholining uyushqoqligi, qo‘shni-qo‘shnini chaqirishi, muammoni birgalikda hal qilishga intilishi — mahallaning jonlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ammo eng muhim jihat shundaki, loyiha g‘olib bo‘lishi ishning yakunlanishi emas, balki yangi bosqich — jamoatchilik nazorati boshlanishidir. Endi asosiy savol: ajratilgan mablag‘ qayerga va qanday sarflanyapti? Yo‘l sifatlimi? Belgilangan muddatga rioya qilinmoqdami? Pudratchi o‘z majburiyatini bajaryaptimi?

Agar mahalla ahli bu jarayonga befarq bo‘lsa, eng yaxshi loyiha ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha, har bir fuqaro “bu mening ko‘cham, mening mablag‘im” degan mas’uliyat bilan yondashsa, har bir metr yo‘l sifatli bo‘ladi. Shu bois mahalla faollari, deputatlar va oddiy aholi birgalikda ish olib borishi, qurilish jarayonlarini joyida kuzatishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘tarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish faqat bitta loyiha bilan cheklanmaydi. U maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, kommunal xizmatlar, hatto kundalik maishiy masalalargacha qamrab olishi kerak. Mahalla shu ma’noda jamiyatning “ko‘zi va qulog‘i”ga aylanishi zarur.

Eng muhimi, bu jarayonda har bir inson o‘zini chetda tomoshabin emas, balki o‘z hududining haqiqiy egasi deb his qilishi lozim. Ana shundagina mahalla haqiqatan ham jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanadi.

Raxmatov Fotex Akmalovich, tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2