Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda deputat N. Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Payariq tumanida fuqarolarning mulk huquqi e'tirof etildi va tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Samarqand suv ta'minot" AJ tuman filiali boshlig'i J.Abdullayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
#Deputatlar_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Sh.Mirzaqulov hamda deputat N.Parmanova tomonidan Sho‘rtepa mahallasi raisi faoliyati va mahallada olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 79-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari holati o‘rganilib, amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari Sh. Mirzaqulov hamda N.Parmanovalar tomonidan Sho‘rtepa mahallasida bank xodimlari ishtirokida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari N.Parmanova hamda Sh. Mirzaqulovlar tomonidan Sho‘rtepa mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
Халқ депутатлари туман Кенгаши “Мадад” нодавлат нотижорат ташкилоти билан ҳамкорликда.

 Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти
мутахассиси Ш.Камолов томонидан аҳолига бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатиш,
шунингдек, фуқароларнинг ҳуқуқий маърифатини ошириш соҳасида ўзаро
ҳамкорликнинг муҳимлигини инобатга олган ҳолда “Мадад” нодавлат нотижорат
ташкилоти билан ҳамкорликда фуқаролар мурожаатлари ўрганиб чиқилди.
 

Жараёнида фуқароларнинг ҳуқуқий масалалар
бўйича мурожаатлари тингланиб, уларга амалдаги қонунчилик ҳужжатлари асосида
ҳуқуқий тушунтириш ва амалий ёрдамлар кўрсатилди. Айниқса, ижтимоий ҳимоя,
меҳнат муносабатлари, оилавий низолар ҳамда бошқа долзарб масалалар юзасидан
мурожаатларга алоҳида эътибор қаратилди.
 

Шу билан бирга, фуқароларнинг ҳуқуқий
саводхонлигини ошириш, уларни қонун ҳужжатларидан хабардор қилиш ва ҳуқуқий
маданиятини юксалтиришга қаратилган тарғибот ишлари ҳам олиб борилди.
 

Мазкур ҳамкорлик аҳолига сифатли юридик
хизматлар кўрсатиш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш ҳамда жамиятда
ҳуқуқий онг ва маданиятни юксалтиришга хизмат қилади.
  

Slide 1 of 2