Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati B.Shakarov Ko‘lto‘sin mahallasi Ko‘lto‘sin qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan yo‘llangan taklif va fikrlarni o‘rganib chiqdi.
янв.21
Sizlarni 15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22 -To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xususan, mazkur okrug tarkibiga kiruvchi O‘ymovut mahallasida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev hamda deputat F.Shakarovlar tomonidan o‘rganish ishlari tashkil etildi. Unda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilma, aholi murojaatlari va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar bo'limi markazida voyaga yetmagan bolalar bo‘limi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-Tomoyrot saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna Navro‘z mahallasida joylashgan 87-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
➡️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan tuman hokimi o‘rinbosari U.Quvatovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
19-Ravot saylov okrugidagi Sarbozor mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.
Deputat nazorati

Oʻrganish vaqtida umumtaʼlim maktabida “Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan taʼlim va tarbiya, jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish hamda taʼlim oluvchilarni kasbiy bilim, malaka hamda koʻnikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, bugungi kunda maktab quvvati 630 oʼquvch oʼrniga moʼljallangan boʼlib, 2025-2026 oʼquv yili uchun 1044 nafar oʼquvchi, (1-4-sinflarda 401 nafar, 5-9-sinflarda 500 nafar, 10-11-sinflarda 143 nafar) shundan qiz-bola oʼquvchilar soni 529 nafarni tashkil etib, umumiy sigʼim 1,7 koeffitsientni tashkil etishi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, masʼullar tomonidan 2024-2025-oʼquv yilida 314-sonli umumtaʼlim maktabida jami 84 nafar (shulardan 44 nafari qizlar) bitiruvchi bitirgan boʼlib, ulardan hozirgi kunga qadar 51 nafari taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olingani va qolgan 33 nafari ishga joylashib, oʻzini-oʻzi band qilganligi haqida maʼlumot berildi. 

Oʻrganish yakunida deputat tomonidan ijtimoiy - maʻnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, oʻquvchilar ongida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, “Uch avlod uchrashuvlari” va ijodiy uchrashuvlarni koʻproq tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 1