Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-"Tomoyrot" saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna "Ilg‘or" mahallasi hududida joylashgan 75-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan “PQ-376 sonli qaror” ijrosini ta’minlash doirasida Qumchuq mahallasida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, 1-son sport maktabi treneri F.Shakarov rahbarligida yosh sportchilar Fargʻona viloyatida sportning Turon yakkakurashi turi boʻyicha oʻtkazilgan “Oʻzbekiston chempionati” musobaqasida munosib ishtirok etdilar va yaxshi natijalarga erishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Kengash raisi A.Tavboyev “Madad” NNT tuman bo‘limi rahbari O‘.Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazib, tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslari, ularni takomillashtirish hamda amaliyotga samarali joriy etish masalalari yuzasidan muhokama olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-“Farovon” saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan “Mustaqillik” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
Hafta yakunlari tahlil qilindi va kelgusi ustuvor vazifalar belgilandi

 Hafta yakunlari tahlil qilindi
va kelgusi ustuvor vazifalar belgilandi
 

  

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Raximov va kotibiyat bosh mutaxassisi O. Dadajonova
ishtirokida joriy hafta yakunlari bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
 

🔹 Yig‘ilishda amalga oshirilgan
ishlar sarhisob qilindi, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar atroflicha
muhokama etildi. Ijro intizomi, aholi murojaatlari bilan ishlash va hujjatlar ijrosini
ta’minlash kabi muhim sohalarga alohida e’tibor qaratildi.
 

🔹 Muhokamalar natijasida kelgusi
hafta uchun ustuvor vazifalar aniq belgilandi. Har bir mas’ulga vazifalarni aniq
va samarali bajarish, ijro jarayonini doimiy nazoratda ushlab turish va jamoa uchun
namunali ishchi ro‘hni mustahkamlash bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berildi.
 

🔹 Yig‘ilish yakunlandi: hamkorlik,
mas’uliyat va natijaga intilish har bir ishchi uchun asosiy yo‘nalish sifatida belgilab
qo‘yildi.
  

Slide 1 of 4