Новости

Последние новости

янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masala Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
#24_ta_masala
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Boshcho'rosh mahallasida “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar hamda qaror loyihalari muhokama qilindi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 20–24-APREL KUNLARI ISH REJASI IJROSI TO‘G‘RISIDA AXBOROT
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida farmoyish qabul qilindi.
янв.21
Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaat yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 28-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qosimova Saodat Shirinbayevna tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Musurmonov Maqsud Musurmon o'g'lining so‘roviga tuman hokimining o‘rinbosari U.Quvatovdan javob olindi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari A.Tamiqayevga deputatlik so'rovi yuborildi.
Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar

#munosabat

Bolalar va ayollar xavfsizligiga yangi qadam: qonunchilikda muhim o‘zgarishlar


Mamlakatimizda bolalar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishga qaratilgan muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. 3 mart kuni imzolangan Prezident farmoniga muvofiq, jinsiy jinoyatlarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilib, ayrim yangi huquqiy mexanizmlar joriy etilishi belgilandi.

Farmonga ko‘ra, pedofiliyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari yanada qat’iylashtirilmoqda. Xususan, 14 yoshga to‘lmagan bolaning nomusiga tegish yoki zo‘rlik ishlatgan holda jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish kabi jinoyatlarni takroran sodir etgan shaxslarga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni, bunday jinoyat uchun avval sudlangan shaxs yana shunday qilmishga qo‘l ursa, unga eng og‘ir jazo tayinlanishi ehtimoli yuzaga keladi.

Shuningdek, mazkur turdagi jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar manzil koloniyaga o‘tkazilmasligi ham belgilandi. Bu esa jazoning ijrosini yanada qat’iy nazorat ostida ta’minlashga xizmat qiladi.

Farmonda yana bir muhim yangilik — jinsiy tajovuz bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish vakolatining prokuratura organlariga qaytarilishi hisoblanadi. Ilgari bu ishlar ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan bo‘lsa, endi tergov jarayoni prokuratura tizimi nazoratida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, shahvoniy shilqimlikka oid ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish ichki ishlar organlari vakolatida qoladi. Ammo bunday ishlar sudga yuborilishidan oldin prokurorning “jinoyat alomatlari yo‘q” degan xulosasini olish majburiy bo‘ladi.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida zamonaviy raqamli imkoniyatlar ham joriy etilmoqda. 1 apreldan boshlab himoya orderi berilgan xotin-qizlarning telefoniga Ijtimoiy himoya milliy agentligining maxsus ilovasini o‘rnatish taklif etiladi. Agar ular yana tazyiq yoki zo‘ravonlikka duch kelsa, ilova orqali “SOS” chaqiruv tugmasini bosib, zudlik bilan yordam chaqirishi mumkin bo‘ladi.

Farmon doirasida yana bir qator yangi huquqiy tushunchalar uchun alohida javobgarlik kiritish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan, xotin-qizlarni aynan jinsi sababli qasddan o‘ldirish — femisid, oila a’zolarini qasddan o‘ldirish — familisid, shaxsni noqonuniy ta’qib qilish — stalking, internet orqali sodir etiladigan zo‘ravonlik — kiberzo‘ravonlik, shuningdek internet orqali voyaga yetmaganlarning ishonchini qozonib, ulardan jinsiy maqsadlarda foydalanishga qaratilgan onlayn gruming kabi holatlar uchun ham alohida javobgarlik belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalar uchun yengilliklar ko‘zda tutilmoqda. Xususan, homilador yoki 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy ta’limni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi. 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab, turli sabablarga ko‘ra kursdan qolib ketgan yoki talabalar safidan chiqarilgan shaxslarga fanlar farqini qayta o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoni beriladi.

Shuningdek, agar talaba homiladorligi yoki 3 yoshgacha farzandi borligi sabab akademik ta’til olgan bo‘lsa, u ta’til davrida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

M.Yuldasheva

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati

Slide 1 of 1