Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Parmanova tomonidan Madaniyat mahallasida joylashgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#Yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati, yoshlar bilan ishlash samaradorligi hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan “G‘oyib ota” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan “Xalq banki” Payariq tumani filiali rahbariga J.Xudoyberdiyevga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tovboev tomonidan “Ko‘paki” mahallasi Emalach qishlog‘ida yashovchi, uy sharoitida ko‘p yillardan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
#Matbuot_anjumani #Deputatlar_faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasining Buston ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
O‘rganish davomida shifoxonada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi hamda bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar holati ko‘zdan kechirildi.
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 29-may kuni soat 11-00da xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘shma majlis kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-may oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Chinoz tumanida “Temir daftar” ro‘yxatidagi ehtiyojmand oilalarni iqtisodiy-moddiy ahvoli yaxshilanganligi sababli “Temir daftar” ro‘yxatidan chiqarish, tumanda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarni “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritish hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam to‘lash bo‘yicha may oyi grafigini tasdiqlash to‘g‘risida;

Chinoz tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Chinoz tumanidagi mavjud geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida;

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘ining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 1-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

Chinoz tumani hokimining kadrlarga oid ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Shuhrat Ergashov, Baxodir Saydullayev, Davron Teshaboyev, Ozodov Egamberdi, Farhod Ibragimovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1