Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 17-"Tomoyrot" saylov okrugidan saylangan deputati Xudoyberdiyeva Xusniya Buriboyevna "Ilg‘or" mahallasi hududida joylashgan 75-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova tomonidan “PQ-376 sonli qaror” ijrosini ta’minlash doirasida Qumchuq mahallasida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati, 1-son sport maktabi treneri F.Shakarov rahbarligida yosh sportchilar Fargʻona viloyatida sportning Turon yakkakurashi turi boʻyicha oʻtkazilgan “Oʻzbekiston chempionati” musobaqasida munosib ishtirok etdilar va yaxshi natijalarga erishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Kengash raisi A.Tavboyev “Madad” NNT tuman bo‘limi rahbari O‘.Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazib, tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslari, ularni takomillashtirish hamda amaliyotga samarali joriy etish masalalari yuzasidan muhokama olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-“Farovon” saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan “Mustaqillik” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i B.Ulug‘murodovga deputatlik so'rovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raxmonova tomonidan Bobur mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi hamda fuqarolar murojaatlari tinglandi.
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi.
Chinoz tumani. Chinoz tumanida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Sh.Salixov, sektor rahbarlari hamda hokimning birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Xususan, Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda faol tadbirkorlar o‘z loyihalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan moliyaviy, infratuzilmaviy, hujjatlashtirish hamda hamkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlarini bildirdi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar tumanda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3