Sayxun ko‘chasini asfaltlash ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati D.Egamqulova tomonidan A.Navoiy mahallasidagi Sayxun ko‘chasinining 830metr qismini asfaltlashga tayyorlash ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida yo‘lni asfaltlashdan oldingi tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur hududdagi asfaltlash ishlari deputat D.Egamqulovaning doimiy nazoratida.