35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

 “Ko‘kaldosh” ko‘chasida asfaltlashga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Babayev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan “Mustaqillik” mahallasi “Ko‘kaldosh” ko‘chasini asfaltlashtirish uchun yo‘lni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘lning asfaltlashtirishga tayyorlanish holati, mavjud kamchiliklar hamda yo‘l qoplamasini yotqizishdan oldin bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lni belgilangan talablar asosida tayyorlash va ishlarning sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mas’ullarga yo‘lni asfaltlashtirishga tayyorlash ishlarini sifatli tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3