35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Y.Jo‘rayev, J.Mamadaliyev hamda kotibiyat mudiri N.Turdiyevlar tomonidan “Bo‘ston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro davolanish xarajatlarini qoplash uchun moddiy yordam ajratish masalasida murojaat qilganligi aniqlandi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning holati va mavjud imkoniyatlar o‘rganilib, masalani tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish zarurligi belgilandi. Deputatlar tomonidan murojaatni amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, murojaat natijasi bo‘yicha fuqaroga belgilangan tartibda ma’lumot berish hamda masalaning yakuniy hal etilishini nazoratga olish belgilandi. Fuqarolar murojaatlarining joyida o‘rganilishi va ularning muammolariga amaliy yechim topish deputatlarning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2