Oqoltin tumanining “Ko‘rkam diyor”, “Saxovat” va “A.Navoiy” mahallalarida aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida qator infratuzilma loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, “Ko‘rkam diyor” mahallasida 1 ta suv minorasi va 1 ta tik quduq, “Saxovat” mahallasida 1 ta suv minorasi va 1 ta tik quduq qurilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “A.Navoiy” mahallasida 2 ta suv minorasi va 2 ta tik quduq barpo etilishi rejalashtirilgan. Mazkur ishlar yakunlangach, “Saxovat” mahallasidagi 705 ta xonadon va 2 080 nafar, “A.Navoiy” mahallasidagi 1 620 ta xonadon va 6 665 nafar hamda “Ko‘rkam diyor” mahallasidagi 1 004 ta xonadon va 3 631 nafar aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi.
Natijada ushbu uchta mahallada jami 3 329 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 12 376 nafar aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladigan muhim infratuzilma yaratiladi.