Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 15-bandi — parklar, xiyobonlar va bog‘larning holatini o‘rganish hamda ularni obodonlashtirish masalalari ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🔎 Shu doirada deputatlar N. Dusmurodov hamda N. Aliyev tomonidan tuman markazida joylashgan “Yoshlar bog‘i”ning holati o‘rganildi.
🌿 O‘rganish davomida bog‘ hududining obodonlashtirilishi, yashil maydonlar, daraxt va ko‘chatlarning holati, tozalik hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, hududni yanada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun qulay dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.