Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini o‘rganish masalasi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ MFY hududidagi 12-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.
🏥 Mazkur oilaviy poliklinika 12 046 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishi qayd etildi.
🔎 O‘rganish davomida aholiga belgilangan tartibda bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.
💱Hozirda poliklinikada 34 turdagi bepul dori vositalari mavjudligi aniqlandi.
📌 Shuningdek, dori vositalarining saqlanishi, hisobini yuritish hamda ehtiyojmand fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlar o‘rganildi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida aholining dori-darmon bilan ta’minlanishiga oid masalalarni doimiy monitoring qilib borish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.