35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Ichimlik suvi ta’minoti — deputatlik nazoratida

Ichimlik suvi ta’minoti — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-“Yangihayot” saylov okrugi deputati G. Shafoatova tomonidan hududda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida suv tarmog‘ini tortish jarayoni, ishlarning belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirilishi, shuningdek, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida hudud aholisining toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

Deputatlik nazorati doirasida ishlarning sifati va o‘z vaqtida yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligining muhim garovi!

Slide 1 of 4