35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Atrof-muhit tozaligi va sanitariya holati — deputatlik nazoratida

Atrof-muhit tozaligi va sanitariya holati — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-“Xalqabod” saylov okrugi deputati N. Ruziyeva tomonidan o‘zi saylangan Orol MFY hududida aholi bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi, atrof-muhitning tozaligi va hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘chalarda aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolarning hududdagi obodonlashtirish, chiqindilarni olib chiqish, sanitariya va ekologik holat yuzasidan fikr-mulohazalari, muammo va takliflari tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Toza va obod hudud — aholi salomatligi va farovonligining muhim omili.

Xalq bilan muloqot — muammolarni aniqlash va amaliy yechim topishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 4