FUQARO MUROJAATI AMALIY YECHIM TOPMOQDA
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida joyiga chiqib, fuqaroning muammosini o‘rgandi.
Muloqot davomida fuqaro yashab kelayotgan uy-joyining ta’mirtalab holatda ekanini bildirib, amaliy yordam so‘radi.
Deputat murojaatni tinglab, fuqaroning muammosini hal etishda ko‘mak berishini ma’lum qildi. Fuqaroning istak va talablaridan kelib chiqib, uy-joyini ta’mirlash bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Bu kabi ishlar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Murojaat — e’tiborda, muammo — amaliy yechimda!