🛡 Zilzilaga tayyorlik — har birimizning mas'uliyatimiz!
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 2021-yil 15-iyunda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2021-yil 31-iyulda Senat tomonidan maʼqullangan. Mazkur Qonun 2021-yil 13-sentyabrda OʻRQ-713-son bilan imzolangan.
📌 Mazkur Qonunning asosiy maqsadi:
aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini taʼminlash;
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish;
zilzila xavfini kamaytirish bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirish;
seysmik monitoring va nazorat tizimini takomillashtirish;
favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish.
🏢 Qonunga muvofiq, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolar seysmik xavfsizlik talablariga rioya etishi, zilzila oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi lozim.
✅ Unutmang! Zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish, xavfsizlik qoidalarini bilish va ularga amal qilish o‘zingiz hamda yaqinlaringiz hayotini asrashga xizmat qiladi.