35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Fuqarolar murojaatlari uyma-uy o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari uyma-uy o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva o‘zi saylangan hududda uyma-uy yurib, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazdi hamda fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, obodonlashtirish va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar joyida o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda murojaatlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2