Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hamda tuman YHXB (Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi) xodimlari ishtirokida hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish, piyodalar va haydovchilarning mas’uliyatini oshirish, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakatlanish madaniyatini yuksaltirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xavfsiz transport muhitini yaratishda jamoatchilik hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi.