35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugi deputati G. Baxramova o‘zi saylangan Qoraxon MFYning Shodlik ko‘chasida mahalla fuqarolari bilan ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaat va takliflarini tingladi.

Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Xususan, Shodlik ko‘chasining ichki yo‘lini asfaltlashtirish zarurligi aholi tomonidan ko‘tarilgan asosiy masala ekani ta’kidlandi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaat yozib olinib, mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda murojaat ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3