35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi, ekspert guruhi raisi S. Nazarov hamda ekspert guruhi a’zolari ishtirokida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Kun tartibiga kiritilishi nazarda tutilgan masalalarning dolzarbligi, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan ekspert guruhi a’zolari tomonidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, sessiyaga kiritiladigan hujjatlarni sifatli tayyorlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3