35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
“AL-XORAZMIY” MFYDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati A.A. Xusainov tomonidan 17-Bek-to‘pi saylov okrugi hududida joylashgan “Al-Xorazmiy” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Sh.A. Irgashev faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📊 Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
2026-yil boshida 75 nafar bo‘lgan ishsiz fuqarolar soni 1-avgust holatiga 5 nafargacha kamaytirildi;
jami 56 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi;
20 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi;
31 nafari o‘zini o‘zi band qildi;
5 nafari tadbirkorlik faoliyatiga jalb etildi.
Shuningdek, 10 ta kambag‘al oila bilan manzilli ishlar olib borilib, oilalarning bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgani qayd etildi.
Mahallada “Oilaviy tadbirkorlik” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yoshlar va tadbirkorlar bilan ishlash, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi ishlar, jumladan, zamonaviy kutubxona tashkil etilgani ham ijobiy baholandi.
O‘rganish yakunida deputat tomonidan erishilgan natijalarni yanada mustahkamlash, kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, 67 nafar mehnat migranti bilan manzilli ishlash hamda yangi mikroloyihalarni shakllantirish yuzasidan tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash, hududlarda bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Slide 1 of 3