Deputatlik so‘rovlari natijalari muhokama etildi.
#HAFTALIK_ISH_REJA
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Deputat so‘rovlari ijrosi samaradorligi to‘g‘risida” Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodovning axboroti muhokama etildi.
✅ Yig‘ilish yakunida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-1-moddasiga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi qarori qabul qilindi. Komissiya yig‘ilishining ushbu qarori xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyasiga kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritilishi belgilandi.