35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Nosoz gaz quvurlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 8-Oxshix saylov okrugidan saylangan deputat X. Xodjayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2019 yildagi "Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 226-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oxshix qishlog‘ida aholini tabiiy gaz bilan barqaror va xavfsiz ta’minlash masalasi o‘rganildi.

🔹O‘rganishlar davomida qishloq hududidagi ayrim gaz quvurlarining texnik holati talab darajasida emasligi, ularni kapital ta’mirlash zarurligi aniqlandi. Mazkur holat, avvalo, aholining xavfsizligi va tabiiy gaz ta’minotining barqarorligiga bevosita ta’sir qilishi mumkin.

🔹Shu munosabat bilan deputat X. Xodjayev tomonidan “Jondortumangaz” GTB boshlig‘i G. Nosirov nomiga deputat so‘rovi yuborilib, Oxshix qishlog‘idagi nosoz gaz quvurlarini kapital ta’mirlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda gaz ta’minoti tizimining texnik holatini yaxshilash choralarini ko‘rish so‘raldi.

🔹Deputatning ta’kidlashicha, saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilayotgan bunday muammolarni amaliy hal etish, aholining xavfsiz va munosib yashashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

🔹Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, so‘rov yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan ko‘riladigan choralar va ishlarning natijasi o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 3