35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining ikkinchi chaqiriq 33-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

📝 Sessiyada Yangihayot tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosi, shuningdek, hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘ining hisobotlari tinglandi.

🔺 Shuningdek, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Deputatlar aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash, ekologik holatni yaxshilash va mavjud masalalarni tizimli hal etish yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

💰 Sessiya kun tartibida tuman mahalliy budjetining 2026-yil ikkinchi choragidagi daromadlari va xarajatlari ijrosi, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishi hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni tegishli xarajatlarga yo‘naltirish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov sessiya davomida muhokama etilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, hududni kompleks rivojlantirish, aholi uchun munosib sharoitlarni yaratish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9