35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining Adolat SDP partiyasidan 3-Zarafshon saylov okrugiga saylangan deputati A. Qurbonov tomonidan tomonidan Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi Do'sanov Bobur tomonidan fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijalari:

39 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun 613 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan.

6 nafar fuqaro kasb-hunar va o‘quv kurslariga yo‘naltirilib, ularning zamonaviy kasblarni egallashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

20 ta kam ta’minlangan oila bilan manzilli ishlar tashkil etilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgan.

24 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilib, barqaror bandligi ta’minlangan.

O‘rganish yakunida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputatlik nazorati — hududlarni kompleks rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

https://www.instagram.com/oqqorgon_tumani_kengashi?igsh=MTF2OXl1em8yeGZ0Yg==

Slide 1 of 4