35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navbahor" mahallasida aholi muammolari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi farovonligini oshirish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Navbahor saylov okrugidan saylangan deputat K.Amanqulovga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Navbahor" mahallasida bo‘lib, mahalla faollari hamda nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Monitoring va muloqotlar jarayonida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolarni tashvishlantirayotgan dolzarb muammolar hamda mahallani obodonlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflar atroflicha eshitildi.

Har bir ko‘tarilgan masala yuzasidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 2