35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
#_162_ta_qonun #_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Xonadonbay o‘rganishlar davomida aholining murojaatlari o‘rganildi
#_162_ta_qonun
#_24_ta_masala
#_deputat_faoliyati
Xonadonbay o‘rganishlar davomida aholining murojaatlari o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashining “1-Sangardak” saylov okrugidan saylangan deputati S. Kasimov tomonidan ko‘cha boshilari hamda nuroniylar bilan hamkorlikda tumandagi Tortuli mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahalladagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali hududdagi mavjud masalalarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha fikr va takliflar olindi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida fuqarolarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident farmon va qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy huquqlaridan to‘g‘ri foydalanishi, davlat va jamiyat hayotidagi islohotlardan xabardorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xonadonbay o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va takliflar tegishli tartibda umumlashtirilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi.
Bunday ochiq va bevosita muloqotlar aholi bilan deputatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3