35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
❗️ Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati T.Usmonov tomonidan deputat so‘rovi yuborildi

📌 Deputat so‘rovida qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda kuzatilgan kuchli yomg‘irgarchilik va noqulay ob-havo natijasida "Vatandosh" mahallasi hududidagi bir qator daraxtlarning shoxlari sinib, avariyaviy holatga kelib qolgan. Bu holat hududdagi avtotransport vositalariga zarar yetkazish xavfini solish bilan birga, bolalar maydonchalari va aholi gavjum joylarda fuqarolar, ayniqsa, bolalar hayoti va salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

📝 Shu munosabat bilan deputat tomonidan aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida mazkur hududdagi avariyaviy holatga kelgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, xavf tug‘dirayotgan shoxlarni sanitar kesish hamda tegishli obodonlashtirish ishlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

✅ Deputat so‘rovining ijrosi va ko‘riladigan chora-tadbirlar deputatlik nazoratiga olingan.

Slide 1 of 1