35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR ARALASHUVI NATIJASIDA IJOBIY HAL ETILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR ARALASHUVI NATIJASIDA IJOBIY HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati G.B. Kulmatovaga Mirobod tumanidagi “Zaminobod” mahallasi, Qizilarvat ko‘chasi 1-proyezd, 1-uy oldida ichimlik suvi quvurida nosozlik yuzaga kelgani haqida aholi va ko‘chaboshilar tomonidan murojaat kelib tushdi.

💦 Murojaatda quvurdagi yorilish oqibatida ichimlik suvi kanalizatsiya lyukiga oqib ketayotgani, buning natijasida katta miqdorda suv isrof bo‘layotgani hamda muammoni tezkor bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

🔎 Deputatlar mazkur holatni aholining kundalik turmushiga bevosita ta’sir qiluvchi muhim masala sifatida o‘rganib, ichimlik suvi strategik va qimmatli tabiiy resurs ekanini inobatga olgan holda nosozlikni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor muloqot olib bordilar.

⚙️ Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida tuman “Suvsoz” MChJ mutaxassislari tomonidan nosoz quvur ta’mirlanib, ichimlik suvining behuda oqib ketishi to‘xtatildi va muammo ijobiy hal etildi.

📝 Mazkur holat mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholini issiq va sovuq suv bilan barqaror ta’minlash, kommunal infratuzilmadagi nosozliklarni tezkor aniqlash va fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish nuqtayi nazaridan ham alohida ahamiyat kasb etdi.

🤝 Deputat Toshpo‘lat Matibayev fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalani joyida o‘rganish, tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda tezkor hal etish hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha deputatlik nazoratini izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5