35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
HUDUDDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Oybek” mahallasida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqildi.Jarayon davomida mahalla profilaktika inspektori I.Xolovning hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi. Xususan, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib,mavjud holat yuzasidan fikr almashildi.Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda mahalla hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda “Xavfsiz mahalla” tizimini samarali tashkil etish maqsadida jami 68 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.Shuningdek, deputat tomonidan xavfsizlik tizimini yanada takomillashtirish maqsadida zarur hududlarga qo‘shimcha videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, aholi kam qatnovchi va hilvat joylarni tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash yuzasidan takliflar bildirildi.Muhokama davomida mahalla yettiligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan deputatga murojaat qilindi.Jumladan,mahallaning “Mustaqillik” ko‘chasining 100 metr, “Yorqin hayot” ko‘chasining 50 metr, “O‘rikzor” ko‘chasining 100 metr hamda “Ichkiqo‘rg‘on” ko‘chasining 100 metr qismini asfaltlashtirish, “Mustaqillik” ko‘chasiga 15 ta yangi elektr ustuni o‘rnatish, shuningdek, mahallaning asosiy chorrahasiga piyodalar o‘tish joyi (piyodalar yo‘lagi) va zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish masalalari ko‘tarildi.Deputat tomonidan mazkur takliflar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi, ularning ijrosi yuzasidan parlament nazorati olib borilishi hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.Ta’kidlanganidek, mazkur deputatlik nazorati natijalari doimiy komissiya yig‘ilishi hamda sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan masalani har tomonlama puxta tayyorlash, Ichki ishlar bo‘limi faoliyatini atroflicha tahlil qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 4