35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar yerto'lasidagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
#investitsiya #o'rganish

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlar izchil o‘rganilmoqda.
Kuni kecha Olmaliq shahridagi "Chambil" mahallasi hududida joylashgan, ofis mebellari va yuqori sifatli ofis kreslolari yetkazib berishga ixtisoslashgan "TUS BUERO" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Mazkur investitsiya korxonasidagi ish jarayonlari, mahsulot sifati va ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida hududga quyidagi ishchi guruh tashrif buyurdi:
Faxriddin Matasimov — Hudud deputati;
Sevar Qodirova — Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Muhriddin Begmatov — Kotibiyat bosh mutaxassisi.

🔹Korxonaning bugungi kundagi quvvati, ichki bozorga sifatli ofis jihozlarini yetkazib berish imkoniyatlari tahlil qilindi.
🔹Korxonaga kiritilgan investitsiyalar hajmi va ularning hudud iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan hissasi baholandi.
🔹Tashrif davomida tadbirkorlik subyektining faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalarga yechim topish borasida fikr almashildi.
"Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya korxonalari faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish — hududni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishning eng muhim omilidir." — Faxriddin Matasimov, hudud deputati


Mahalliy tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga qonuniy doirada amaliy ko‘mak berish xalq vakillari hamda shahar Kengashi kotibiyatining doimiy diqqat markazida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 5