35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari – e’tiborda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaatlari – e’tiborda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "19-Olmazor" saylov okrugidan saylangan deputat S.Qurbonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Nasritdinov tomonidan "Anorzor" mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayon davomida mahalla hududidagi xonadonlar holati o‘rganilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etildi. Suhbatlar davomida aholining ijtimoiy, maishiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi hamda ularning taklif va tashabbuslari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, fuqarolarga qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlari tushuntirilib, murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish yuzasidan mas’ullar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
Xonadonbay o‘rganishlarning asosiy maqsadi -aholi muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash, ularni o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat.
Slide 1 of 1