35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
янв.21
Mingchinor mahallasida bolalar o‘yingohi va piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Oqbuloq mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Diqqatga sazovor joylarda obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Bog‘ishamol mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada obodonlashtirish hashari tashkil etildi
HUDUD INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH MASALALARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 8-Maorif saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Maorif mahallasining Chorbog‘ va Ochiq hovuz ko‘chalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Xususan, mazkur ko‘chalar ko‘chaboshisi Baxtiyorjon G‘ulomovich Hoshimov bilan suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolar va infratuzilma ehtiyojlari muhokama qilindi.

Suhbat davomida hudud aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 1 ta transformator punkti (TP) hamda 80 dona beton elektr uzatish ustuni o‘rnatishga ehtiyoj mavjudligi bildirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi. O‘rganish davomida ko‘tarilgan mazkur masala deputat tomonidan "Ko‘cha aylanish daftari"ga belgilangan tartibda qayd etildi hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish uchun deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3