35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
GAZ TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

GAZ TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

🇺🇿 Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, energetika tizimi barqarorligini mustahkamlash hamda senatorlar va mahalliy Kengash deputatlarining nazorat faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "8-Ko‘kcha-Oqtepa" saylov okrugi deputati Imamov Sabitjan Xudaynazarovich tomonidan okrug hududidagi Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida joylashgan gaz taqsimlash punktlarining (GTP) kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

⚙️ O‘rganish davomida gaz taqsimlash punktlarining texnik holati, gaz ta’minoti tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan profilaktik va ta’mirlash ishlari, mavjud uskunalarning sozligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

🕯 Shuningdek, soha mutaxassislari bilan muloqot o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, gaz bosimini me’yor darajasida saqlash, avariya holatlarining oldini olish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📈 O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, gaz taqsimlash punktlarini kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirish, belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

📇 Mazkur nazorat tadbirlari aholini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan ishonchli ta’minlash, energetika infratuzilmasining barqaror faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda iste’molchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6