35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik

KO‘KCHA-OQTEPA MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, hududlarda energetika tizimi barqarorligini ta’minlash, elektr va tabiiy gaz ta’minotidagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Ko‘kcha-Oqtepa mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganish xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan "8-Ko‘kcha-Oqtepa" saylov okrugi deputati Imamov Sabitjan Xudaynazarovich tomonidan amalga oshirildi.

⚡️ O‘rganish jarayonida mahalla hududida joylashgan elektr transformator punktlarining (TP) texnik holati, ularning kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashga tayyorlik darajasi, mavjud uskunalarning sozligi hamda profilaktik va ta’mirlash ishlari holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

📊 Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, ehtimoliy avariya holatlarining oldini olish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini talafotlarsiz o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📁 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.

💼 Ushbu o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, tuman elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Baxtiyor Qosimov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

🧠 Mazkur nazorat tadbirlari aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, energetika infratuzilmasining ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5