35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Samarqand mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oqar suv tarmog‘i qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Paxtakor tumani Toshkent mahallasida «Mahalla 17 ligi» faoliyati tanqidiy ruhda o‘rganildi
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish va hashar ishlari davom etmoqda
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Suvonobod mahallasida obodonlashtirish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
“OG‘IR” TOIFADAGI MAHALLALARDA INFRASTRUKTURANI YAXSHILASH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi Kotibiyat mudiri Quryozov Ulug‘bek Maxmudjonovich, Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi kotibiyat mudiri Vaisov Mash'al Islomovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Jumaniyoz Xazratbek Raxmanovich tomonidan Oqmaydon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi. Ushbu qarorga muvofiq, Hazorasp tumanidagi 9 ta “og‘ir” toifadagi mahalla qatoriga kiritilgan Oqmaydon mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

👉O‘rganish davomida mahallaning “To‘ytaxt” ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari, loyiha ijrosi, yo‘lning texnik holati hamda qurilish jarayonining sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan ishlarning belgilangan muddat va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅Ta’kidlanganidek, mahallalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish hamda fuqarolarning turmush sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, “og‘ir” toifadagi mahallarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.
Slide 1 of 1